Mehnat kodeksi 556-modda. Yakka tartibdagi mehnat nizosini koʻrib chiqishni sudga oʻtkazish va mehnat nizolari boʻyicha komissiya qarori ustidan shikoyat qilish

Agar mehnat nizolari boʻyicha komissiya oʻn kunlik muddat ichida yakka tartibdagi mehnat nizosini koʻrib chiqmasa yoki hal etmasa, manfaatdor xodim yoki uning vakili sudga murojaat qilishga haqli. Mehnat nizolari boʻyicha komissiyaning qarori ustidan manfaatdor xodim yoki ish beruvchi komissiya qarorining koʻchirma nusxasi oʻziga topshirilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda sudga shikoyat qilishi mumkin. Ushbu muddat oʻtkazib yuborilganligi arizani qabul qilishni rad etish uchun asos boʻla olmaydi. Sud oʻtkazib yuborilgan muddatni uzrli deb topib, bu muddatni tiklashi va yakka tartibdagi mehnat nizosini mohiyatiga koʻra koʻrib chiqishi mumkin.