Xodimning ish tashlash bilan bogʻliq jarayonda ishtirok etgani uni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos sifatida koʻrib chiqilishi mumkin emas. Ish tashlash paytida unda ishtirok etadigan xodimning ish joyi va lavozimi saqlanib qoladi. Ish beruvchi xodimga u ish tashlashda qatnashgan vaqtida ish haqini toʻlamaslik huquqiga ega. Ish tashlashda ishtirok etmagan, biroq ish tashlash oʻtkazilayotganligi sababli bekor turib qolgan xodimlarga haq toʻlash ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ish tashlashda ishtirok etmagan xodimlar bekor turib qolish munosabati bilan ish beruvchining tashabbusi bilan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilishi mumkin.