Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 10-modda. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislar tayyorlash

Oʻzbekiston Respublikasida davlat va korxonalar oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida korxonalarning mehnatni muhofaza qilish xizmatlarida ishlash uchun mutaxassislar tayyorlashni taʼminlaydilar. Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari xalq xoʻjaligi turli tarmoqlaridagi ishlab chiqarish xususiyatlarini hisobga olgan holda talabalar va oʻquvchilar mehnatni muhofaza qilish kursini albatta oʻtishlarini tashkil etishlari kerak. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, assotsiatsiyalar va boshqa xoʻjalik boshqaruvi idoralari mehnatni muhofaza qilish tizimida ishlash uchun mutaxassislarning qayta ixtisoslashuvini taʼminlaydilar.