Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida 13-modda. Hosila asarga boʻlgan mualliflik huquqi

Hosila asar muallifiga fan, adabiyot va sanʼat asarining mazkur muallif tomonidan amalga oshirilgan qayta ishlanmasiga boʻlgan mualliflik huquqi tegishlidir. Hosila asar muallifi qayta ishlangan asar muallifi huquqlariga rioya etgan taqdirda, oʻzi yaratgan asarga mualliflik huquqidan foydalanadi. Hosila asar muallifining mualliflik huquqi qayta ishlashga asos boʻlgan asarni boshqa shaxslar ham oʻzlari qayta ishlashlariga toʻsqinlik qilmaydi.