Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida 16-modda. Intervyu mualliflari

Intervyuga boʻlgan mualliflik huquqi intervyu bergan shaxsga va intervyu olgan shaxsga, agar ular oʻrtasidagi kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, hammualliflar sifatida tegishlidir. Intervyudan foydalanishga faqat intervyu bergan shaxsning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.