Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida 18-modda. Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari

Asar muallifiga quyidagi shaxsiy nomulkiy huquqlar tegishlidir: asar muallifi deb eʼtirof etilish huquqi (mualliflik huquqi); asardan muallifning haqiqiy ismi-sharifi, taxallusini koʻrsatgan holda yoxud ismi-sharifini koʻrsatmasdan, yaʼni imzosiz foydalanish yoki foydalanishga ruxsat berish huquqi (mualliflik ismi-sharifiga boʻlgan huquq); asarni har qanday shaklda oshkor qilish yoki oshkor qilishga ruxsat berish huquqi (oshkor qilishga boʻlgan huquq), shu jumladan chaqirib olish huquqi; asarni, shu jumladan uning nomini muallifning shaʼni va qadr-qimmatiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan har qanday tarzda buzib koʻrsatilishidan yoki har qanday boshqacha tarzda tajovuz etilishidan himoya qilish huquqi (muallif obroʻsini himoya qilish huquqi). Muallif asarni oshkor qilish toʻgʻrisida ilgari qabul qilgan qaroridan, asardan foydalanish huquqini olgan shaxslarga ular shunday qaror tufayli koʻrgan zararlarning oʻrnini, shu jumladan boy berilgan foydani qoplash sharti bilan, voz kechish huquqiga (asarni chaqirib olish huquqiga) egadir. Agar asar oshkor qilingan boʻlsa, muallif uni chaqirib olganligi toʻgʻrisida ommaga maʼlum qilishi shart. Bunda u asarning avval tayyorlangan nusxalarini oʻz hisobidan muomaladan olib qoʻyishga haqlidir. Bu qoidalar, agar muallif bilan tuzilgan shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, xizmat asarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanishda asarning oʻziga, nomiga va muallifning ismi-sharifi koʻrsatilishiga biron-bir oʻzgartish kiritishga faqat muallifning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Muallifning roziligisiz uning asarini bezaklar, soʻzboshi, xotima, sharhlar yoki biron-bir tushuntirishlar bilan nashr etish taqiqlanadi. Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari uning mulkiy huquqlaridan qatʼi nazar, unga tegishli boʻlib, asardan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqlar boshqa shaxsga oʻtkazilgan taqdirda ham uning oʻzida saqlanib qoladi. Muallifning oʻz shax