Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida 41-modda. Buyurtmaning mualliflik shartnomasi

Muallif buyurtmaning mualliflik shartnomasi boʻyicha asarni shartnoma shartlariga muvofiq yaratish va uni buyurtmachiga topshirish majburiyatini oladi. Buyurtmaning mualliflik shartnomasi boʻyicha yaratilgan asarga boʻlgan shaxsiy nomulkiy huquqlar muallifga tegishlidir. Buyurtmaning mualliflik shartnomasi boʻyicha asardan foydalanish uchun mulkiy huquqlar boshqa shaxsga oʻtkazilgan taqdirda, ushbu Qonunning 38 , 39 va 42 -moddalari qoidalariga rioya qilinishi kerak.