Efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilot oʻz koʻrsatuvi yoki eshittirishidan foydalanishda ushbu Qonunga muvofiq mutlaq huquqlarga ega. Efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning oʻz koʻrsatuvi yoki eshittirishidan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqlari quyidagi harakatlarni amalga oshirish yoki bunday harakatlarga ruxsat berish huquqini anglatadi: koʻrsatuv yoki eshittirish yozuvini takrorlash (takrorlash huquqi); koʻrsatuv yoki eshittirish yozuvining asl nusxasi yoxud nusxalarini sotish yoki mulk huquqini oʻzgacha tarzda boshqa shaxsga oʻtkazish yoʻli bilan tarqatish (tarqatish huquqi); koʻrsatuv yoki eshittirish yozuvini barchaning eʼtiboriga yetkazish (barchaning eʼtiboriga yetkazish huquqi); koʻrsatuv yoki eshittirishni yozib olish (yozib olish huquqi); kirish pulli joylarda koʻrsatuv yoki eshittirishni barchaning eʼtibori uchun yuborish (kirish pulli joylarda barchaning eʼtibori uchun yuborish huquqi); koʻrsatuv yoki eshittirishni retranslyatsiya qilish (retranslyatsiya huquqi); koʻrsatuv yoki eshittirishni kabel orqali barchaning eʼtibori uchun yuborish yoxud koʻrsatuv yoki eshittirishni efirga uzatish (koʻrsatuv yoki eshittirishni kabel orqali yuborish yoki efirga uzatish huquqi). Efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilot oʻz koʻrsatuvi yoki eshittirishidan foydalanishning har bir turi uchun haq olish huquqiga ega. Efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning koʻrsatuvi yoki eshittirishi yozuvini takrorlashga boʻlgan mutlaq huquqi quyidagi hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi: koʻrsatuv yoki eshittirishni yozib olish efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning roziligi bilan amalga oshirilganda; koʻrsatuv yoki eshittirish yozuvini takrorlash ushbu Qonunning 53-moddasi qoidalariga muvofiq tayyorlangan yozuv maqsadida amalga oshirilganda. Efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning ushbu