Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida 66-modda. Asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini musodara qilish

Asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalari, shuningdek ularni tayyorlash va takrorlashda foydalaniladigan materiallar va asbob-uskunalar hamda sodir etilgan huquqbuzarlikning boshqa vositalari qonunchilikka muvofiq sud tartibida musodara qilinadi. Asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining musodara qilingan kontrafakt nusxalari yoʻq qilinishi kerak, ularni huquq egasiga uning iltimosiga binoan topshirish hollari bundan mustasno.