Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida 11-modda. Jamoat birlashmasi

Maʼnaviy yoki boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish uchun oʻz manfaatlarining mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda birlashgan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmasi jamoat birlashmasi deb eʼtirof etiladi. Jamoat birlashmasi qatnashchilari mazkur birlashmaga mulk qilib bergan mol-mulklariga, shu jumladan aʼzolik badallariga boʻlgan huquqlarini saqlab qolmaydilar. Ular aʼzo sifatida qatnashayotgan jamoat birlashmasining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydilar, mazkur birlashma esa oʻz aʼzolarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.