Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida 15-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish

Nodavlat notijorat tashkiloti uning muassislari (aʼzolari) qarori asosida qonunchilikka muvofiq tuziladi. Nodavlat notijorat tashkilotlarining uyushmalari (ittifoqlari) kamida ikkita nodavlat notijorat tashkiloti tashabbusi bilan tuzilishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotining tashabbuskorlari yoki muassislari taʼsis syezdini (konferensiyasini) yoki umumiy yigʻilishni chaqiradilar, unda ustav qabul qilinadi hamda rahbar organlari tuziladi. Nodavlat notijorat tashkiloti davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran tuzilgan deb hisoblanadi.