Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida 18-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining muassislariga, qatnashchilariga (aʼzolariga) qoʻyiladigan umumiy talablar

Agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, oʻn sakkiz yoshga toʻlgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxslar nodavlat notijorat tashkilotining muassislari, qatnashchilari (aʼzolari) boʻlishi mumkin. Yoshlarning nodavlat notijorat tashkilotiga oʻn toʻrt yoshga toʻlgan shaxslar, bolalarning nodavlat notijorat tashkilotiga esa oʻn yoshga toʻlgan shaxslar aʼzo boʻlishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotiga aʼzo boʻlish, aʼzolikdan mahrum boʻlish shartlari va tartibi, shu jumladan yoshiga koʻra aʼzolikdan chiqish shartlari tegishli nodavlat notijorat tashkilotlarining ustavlari bilan belgilanadi. Rasmiy hujjatlarda u yoki bu nodavlat notijorat tashkilotiga aʼzolik yoki uning faoliyatidagi ishtirokning koʻrsatilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Fuqarolarning nodavlat notijorat tashkilotiga mansubligi yoki mansub emasligi ularning huquqlari va erkinliklarini cheklash uchun asos boʻla olmaydi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda nodavlat notijorat tashkilotining muassislari, qatnashchilari (aʼzolari) boʻlishi mumkin, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va xalqaro shartnomalarida belgilangan hollar bundan mustasno.