Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida 23-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror

Nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlarni qabul qilib olgan adliya organi ularni bir oylik muddat ichida koʻrib chiqadi hamda nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran uch kun ichida muassislarga davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida guvohnoma yoki qonunchilikning qaysi qoidalari buzilganligi davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishga olib kelganligi haqida aniq koʻrsatilgan hujjat beradi.