Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida 24-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining maʼlumotlarini yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritish

Davlat roʻyxatidan oʻtgan nodavlat notijorat tashkilotlari yuridik shaxslarning hamma tanishib chiqishi uchun ochiq boʻlgan yagona davlat reyestriga kiritiladi. Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestrida quyidagilar koʻrsatiladi: taʼsis etilgan sana; nomi va joylashgan yeri; rahbar organlari; vakillar sifatida ish olib borishga vakolatli shaxslar; faoliyat sohasi.