Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida 28-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining mol-mulki

Binolar, inshootlar, turar joylar. uskunalar, inventar, pul mablagʻlari, shu jumladan chet el valyutasidagi pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar va boshqa mol-mulk nodavlat notijorat tashkilotining mulki boʻlishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotining mulki qonun bilan muhofaza qilinadi. Nodavlat notijorat tashkiloti oʻz majburiyatlari yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq undirish qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki bilan javob beradi.