Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida 4-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlari

Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida ijtimoiy foydali dasturlariga davlat koʻmak koʻrsatishi mumkin. Davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatiga aralashishiga, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotining davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.