Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida 7-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining huquqlari

Nodavlat notijorat tashkiloti quyidagi huquqlarga ega: oʻz aʼzolari va qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish; ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga takliflar kiritish; davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish; oʻz faoliyati toʻgʻrisida axborot tarqatish; ommaviy axborot vositalarini taʼsis etish hamda belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish; ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etish; oʻz ramziy belgilarini taʼsis etish; oʻz faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yigʻilishlar, konferensiyalar oʻtkazish; qonunchilikka muvofiq vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish. Nodavlat notijorat tashkiloti qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.