Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida 13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.