Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida 34-modda. Huquqiy eksperiment

Huquqiy eksperiment normativ-huquqiy hujjatning yoki huquqiy normaning samaradorligini amalda muayyan hududda va (yoki) shaxslar doirasi boʻyicha cheklangan holda, belgilangan vaqt oraligʻida sinovdan (tajribadan, aprobatsiyadan va shu kabilardan) oʻtkazish bilan bogʻliq chora-tadbirlar majmuidir. Huquqiy eksperimentni tashkil etishga, oʻtkazishga, uning natijalarini baholashga va joriy etishga doir munosabatlar “Huquqiy eksperiment toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi