Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida 5-modda. Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari

Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: konstitutsiyaviylik; qonuniylik; jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish hamda ularning ustuvorligi; oshkoralik; ilmiylik; ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning tizimliligi va kompleksliligi; ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning barqarorligi.