Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻz vakolatlari doirasida: normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi masalalari yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarga tushuntirishlar beradi hamda zarur yordam koʻrsatadi; normativ-huquqiy hujjatlarning davlat boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi masalalariga doir uslubiy koʻrsatmalarni ishlab chiqadi; normativ-huquqiy hujjatlarning davlat boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi monitoringi va tahlilini oʻtkazadi, ushbu sohadagi muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi; davlat boshqaruvi organlarining normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi; davlat boshqaruvi organlarida va tashkilotlarda normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi nuqtai nazaridan ijro intizomiga rioya etilishini oʻrganadi, shu asosda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.