Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida 9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum oʻtkazish yoʻli bilan qabul qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari konstitutsiyaviy qonunlar tarzida qabul qilinishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari konstitutsiyaviy qonunlar tarzida qabul qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari huquqiy prinsiplar va normalarni mustahkamlovchi, birlashtiruvchi, tizimlashtiruvchi, shuningdek ijtimoiy munosabatlar eng muhim sohasining huquqiy jihatdan kompleks tartibga solinishini taʼminlovchi kodekslar tarzida qabul qilinishi mumkin.