Notariat toʻgʻrisida 12-modda. Notariusning muhri, shtamplari, ish qogʻozlari

Notarius Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, notarius familiyasi, ismi-sharifi, lavozimi va notarial idoraning nomi koʻrsatilgan shaxsiy muhriga, tasdiqlovchi yozuvlar bitilgan shtamplariga, notarial idoraning blankalariga ega boʻladi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning muhrida litsenziyaning seriyasi va raqami koʻrsatiladi. Notariuslarning reyestriga ularning muhri va imzosi namunalari kiritiladi. Notariusning muhri Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yagona namuna boʻyicha tayyorlanadi. Notarius muhri, shtamplari, gerbli (maxsus) blankalari litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilgan, tugatilgan va litsenziya bekor qilingan hollarda hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligiga hamda adliya boshqarmalariga qaytarilishi lozim. Notarial idoralar tomonidan gerbli (maxsus) blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.