Notarius quyidagi huquqlarga ega: oʻziga murojaat qilgan barcha shaxslar uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish, notarial harakatni amalga oshirish joyi qonunchilikda belgilab qoʻyilgan hollar bundan mustasno; bitim va arizalarning loyihalarini tuzish, hujjatlarning nusxalarini va ulardan koʻchirmalarni tayyorlash, shuningdek notarial harakatlarning amalga oshirilishiga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish; jismoniy va yuridik shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni talab qilib olish. davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni soʻrash hamda olish; jismoniy va yuridik shaxslar nomidan tegishli davlat organlariga mol-mulkka boʻlgan huquqlarni va hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshirish uchun, shuningdek hujjatlarning chet elda amal qilishi uchun mazkur organlar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlarni olgan holda hujjatlarni legallashtirish uchun murojaat qilish. yuridik shaxslarning rahbar organlari yigʻilishlarida ularning taklifiga koʻra ishtirok etish.