Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻz vakolatlari doirasida: notariat sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi; yagona notarial amaliyotni taʼminlash choralarini koʻradi; notariat toʻgʻrisidagi qonunchilikka notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularning ishlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi; davlat notarial idoralarini tashkil etadi va tugatadi, notarius lavozimini taʼsis etadi va tugatadi; muayyan hududdagi (notarial okrugdagi) notarius lavozimlarining eng kam sonini belgilaydi; Notarial palata faoliyatiga koʻmaklashadi; Oliy malaka komissiyasining faoliyatini tashkil etadi; xorijda foydalanish uchun moʻljallangan hujjatlardagi notariuslar imzosi va ularning muhri koʻchirmasi haqiqiyligini tasdiqlaydi, notariat faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa vazifalarni bajaradi; notarial ish yuritish qoidalarini, notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomalarni, notarial harakatlarni roʻyxatga olish reyestrlarining shaklini, tasdiqlov yozuvlari va guvohnomalarni, notarius stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibini Notarial palata bilan birgalikda tasdiqlaydi; notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, notariuslarga koʻrsatmalar va uslubiy tushuntirishlar beradi; pullik xizmatlar hamda notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik xususiyatga ega qoʻshimcha harakatlar roʻyxatini, ushbu harakatlar amalga oshirilganligi va xizmatlar koʻrsatilganligi uchun, shuningdek idoraviy notarial arxivlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari, reyestrlardan koʻchirmalar, maʼlumotnomalarning va arxiv hujjatlarining koʻchirma nusxalari berilganligi uchun toʻlovlarning miqdorlarini tasdiqlaydi; notariuslarning statistik maʼlumotlarni taqdim etish shakllarini Notarial palata bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi va muddatlarini belgilaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya