Notariat toʻgʻrisida 22-modda. Notarial idoralarni moliyalashtirish

Davlat notarial idoralari qonunchilikda belgilangan tartibda moliyalashtiriladi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning faoliyati: notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat boji summasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarda qoladigan qismi; huquqiy va texnik xususiyatga ega qoʻshimcha harakatlarni bajarganlik, shuningdek notariatning faol modeli doirasida xizmatlar koʻrsatganlik uchun undiriladigan toʻlovlar; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. Notariuslarning daromadlariga soliq solish soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning depozit hisobvaraqlaridagi mablagʻlar notariusning daromadi hisoblanmaydi. Ushbu mablagʻlarga notarius majburiyatlari boʻyicha undiruvni qaratishga yoʻl qoʻyilmaydi.