Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar reyestrda roʻyxatga olinadi. Har bir notarial harakat alohida tartib raqami bilan roʻyxatga olinadi. Notariuslar ushbu Qonun 6-moddasining ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan jismoniy yoki yuridik shaxslarning yozma arizasiga binoan notarial harakatlarni roʻyxatga olish reyestrlaridan koʻchirmalar beradi.