Notariuslar muomalaga layoqatli fuqarolarning qonunchilik talablariga muvofiq tuzilgan va ularning oʻzlari notariusga shaxsan taqdim etgan vasiyatnomalarini tasdiqlaydi. Vasiyatnomalarni vakillar orqali tasdiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi. Vasiyatnomani tasdiqlab berishda vasiyat qiluvchidan uning vasiyat qilinayotgan mol-mulkka boʻlgan huquqini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etish talab qilinmaydi.