Notariat toʻgʻrisida 50-modda. Merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalarni qabul qilish

Meros ochilgan joydagi notarius qonunchilikka muvofiq merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalarni qabul qiladi. Merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalar yozma ravishda berilishi kerak.