Notariat toʻgʻrisida 52-modda. Meros mol-mulkni qoʻriqlash

Meros ochilgan joydagi notarius, basharti merosxoʻrlarning, vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchilarning, kreditorlar yoki davlatning manfaatlari uchun zarur boʻlsa, jismoniy va yuridik shaxslarning xabariga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi.