Notarius “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda mediator vazifasini bajarishga haqli. Taraflar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish natijalaridan kelib chiqadigan nizoni yoxud majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari xususida oʻzaro maqbul qarorga erishgan taqdirda, notarius taraflar oʻrtasida tuzilgan mediativ kelishuvni tasdiqlaydi.
9-bob. ER-XOTINNING UMUMIY MOL-MULKIDAGI ULUSHGA BOʻLGAN MULK HUQUQI TOʻGʻRISIDA GUVOHNOMALAR BERISH. MOL-MULKNI BOSHQA SHAXSGA OʻTKAZISHNI TAQIQLAB QOʻYISH VA TAQIQNI BEKOR QILISH