Notariat toʻgʻrisida 72-2-modda. Elektron hujjatning qogʻoz shaklidagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlash

Notarius mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlmagan harakatlarni amalga oshirishda notarial tartibda tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalarning elektron shakli qogʻozda taqdim etilgan hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydi. Hujjatning tasdiqlangan elektron shakli qogʻozdagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga egadir. Oddiy yozma shaklda tuzilgan bitimlarning, shuningdek shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning elektron shaklini qogʻozdagi hujjat bilan teng yuridik kuchga egaligini tasdiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.

12-bob. JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING ARIZALARI VA (YOKI) BOSHQA HUJJATLARINI TOPSHIRISH. PUL SUMMALARI VA QIMMATLI QOGʻOZLARNI DEPOZITGA QABUL QILIB OLISH