Chet elda boshqa davlatlar vakolatli organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida tuzilgan yoki ulardan kelayotgan hujjatlar rasmiylashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan taqdirdagina notarius tomonidan qabul qilinadi. Bunday hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda rasmiylashtirilmagan yoki apostil qoʻyilmagan holida notarius tomonidan qabul qilinadi.