Oila kodeksi 104-modda. Aliment undirishda hisobga olinadigan daromadlar

Aliment Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida pul yoki natura tarzida olingan barcha turdagi daromadlardan ushlab qolinadi. Chet el valyutasida olinadigan daromadlar aliment undiriladigan kunda amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi boʻyicha soʻmlarda hisoblanadi.