Oila kodeksi 12-modda. Oilaviy munosabatlarda daʼvo muddatining qoʻllanilishi

Oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan talablarga nisbatan daʼvo muddati joriy qilinmaydi, ushbu Kodeks bilan belgilangan hollar bundan mustasnodir. Daʼvo muddatini belgilovchi normalarni qoʻllashda sud Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga amal qiladi.