Oila kodeksi 14-modda. Nikoh tuzishning ixtiyoriyligi

Nikoh tuzish ixtiyoriydir. Nikoh tuzish uchun boʻlajak er-xotin oʻz roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi.