Oila kodeksi 160-modda. Ota-onaning roziligisiz farzandlikka olish

Farzandlikka olish quyidagi hollarda: ota-onaning kimligi nomaʼlum boʻlsa; ota-ona ota-onalik huquqidan mahrum qilingan boʻlsa; ota-ona muomalaga layoqatsiz, bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan boʻlsa; ota-ona bir yildan ortiq muddat davomida bolalar yoki davolash muassasalaridagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan boʻlsa, ota-onaning roziligisiz amalga oshiriladi.