Oila kodeksi 166-modda. Farzandlikka olishda boquvchisini yoʻqotganlik uchun pensiya yoki nafaqaning saqlanishi

Farzandlikka olinish vaqtida boquvchisini yoʻqotganlik uchun pensiya yoki nafaqa olish huquqiga ega boʻlgan voyaga yetmaganlar farzandlikka olingan taqdirda ham ana shu huquqni saqlab qoladilar.