Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida 25-modda. Oilaviy korxona faoliyatining erkinligi

Oilaviy korxona qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyat turi bilan shugʻullanishi mumkin. Oilaviy korxona bitimlar tuzishda erkindir. Oilaviy korxona faoliyatini amalga oshirishda, shu jumladan uning tomonidan texnologiyalarni, ishlab chiqariladigan mahsulotning assortimentini tanlashda, mahsulot narxini hamda uni realizatsiya qilish yoʻnalishlarini belgilashda davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.