Oilaviy korxonaga bank xizmati koʻrsatish qonunchilikka muvofiq bank bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Banklar belgilangan tartibda oilaviy korxonaning milliy va xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarini ochadi hamda ularga xizmat koʻrsatadi. Oilaviy korxonani kreditlash bank yoki boshqa kredit tashkiloti bilan tuziladigan kredit shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Oilaviy korxonaga kreditlar berishda banklar, boshqa kredit yoki sugʻurta tashkilotlari kafolat beruvchi boʻlishi mumkin. Toʻlovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qonunchilikda belgilangan tartibda kafil boʻlishi mumkin.