Er, xotin, ularning bolalari va nabiralari, ota-onasi, mehnatga qobiliyatli yoshga toʻlgan boshqa qarindoshlari (bolalari va nabiralarining erlari (xotinlari), tugʻishgan hamda oʻgay aka-uka va opa-singillari, ularning erlari (xotinlari) hamda bolalari, togʻa va amaki hamda amma va xolalari) oilaviy korxona ishtirokchilari boʻlishi mumkin. Faqat muomalaga layoqatli shaxslar oilaviy korxona ishtirokchilari boʻlishi mumkin. Davlat organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek qonunchilikda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi taqiqlangan boshqa shaxslar oilaviy korxona ishtirokchilari boʻlishi mumkin emas.