Taʼsis shartnomasi va ustav (nizom) ommaviy axborot vositasining taʼsis hujjatlari hisoblanadi. Bir nechta muassis oʻrtasida tuziladigan taʼsis shartnomasida quyidagi maʼlumotlar boʻladi: muassislarning nomi haqidagi; taʼsis etilayotgan ommaviy axborot vositasining turi, faoliyati predmeti va maqsadi, chiqish davriyligi haqidagi; taʼsis etilayotgan ommaviy axborot vositasining nomi, pochta manzili haqidagi; ommaviy axborot vositasining ustav fondi miqdori, moliyalashtirish manbalari va uni hosil qilish tartibi haqidagi; muassislarning ommaviy axborot vositasi faoliyatida ishtirok etishiga doir huquqlari va majburiyatlari haqidagi; ommaviy axborot vositasi faoliyatini boshqarish tartibi haqidagi; foydani taqsimlash tartibi haqidagi; ommaviy axborot vositasini qayta tashkil etish, tugatish (ommaviy axborot vositasining faoliyatini tugatish) tartibi haqidagi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar toʻgʻrisidagi. Agar bir shaxs muassis hisoblansa, u roʻyxatga oluvchi organga ustavini taqdim etadi.