Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida 11-4-modda. Muassis huquqlari va majburiyatlarining tugatilishi

Muassisning huquqlari va majburiyatlari quyidagi hollarda tugatiladi: ommaviy axborot vositasi uchinchi shaxs foydasini koʻzlab boshqa shaxsga oʻtkazilganda; muassis — yuridik shaxs bankrotga uchraganda yoki tugatilganda; Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda; qasddan sodir etgan jinoyati uchun sud hukmi bilan sudlanganda; vafot etganda. Muassisning huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa hollarda ham tugatilishi mumkin.