Muharrir (bosh muharrir) ommaviy axborot vositasi tahririyati, tahrir hayʼati ishiga rahbarlik qiladi, muassis bilan munosabatlarda ommaviy axborot vositasi nomidan ish olib boradi. Muharrirni (bosh muharrirni) lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish tartibi ustavda (nizomda) belgilab qoʻyiladi. Tahrir hayʼati ommaviy axborot vositasi ustavida (nizomida) nazarda tutilgan tartibda tuziladi. Ommaviy axborot vositasining muassisi, tahririyati va noshiri oʻrtasidagi ishlab chiqarish, mulkiy, moliyaviy va boshqa munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.