Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida 20-modda. Ommaviy axborot vositalarida homiylar ishtiroki

Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari ommaviy axborot vositalariga homiylik qilishi mumkin. Ommaviy axborot vositalari bilan homiylar oʻrtasidagi munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Homiylarning ommaviy axborot vositalari va ular xodimlarining kasb faoliyatiga aralashuvi taqiqlanadi.