Ommaviy axborot vositalarining ishlab chiqarilishi hamda tarqatilishi sohasida monopollashtirishga va insofsiz raqobatga yoʻl qoʻyilmaydi. Bironta ham yuridik yoki jismoniy shaxs ommaviy axborot vositalarining tegishli markaziy yoki mahalliy bozoriga chiqariladigan ommaviy axborot vositalarining yigirma besh foizidan ortigʻiga muassis (hammuassis) boʻlishga va (yoki) ularni shuncha miqdorda oʻz mulkida, egaligida, foydalanishida, tasarrufida, yurituvida yoxud boshqaruvida (bevosita yoki affillangan shaxslar orqali) saqlashga haqli emas.