Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olinayotgan, chet davlat fuqarosi boʻlgan yoxud fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlgan bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi. Biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlgan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan, chet davlat fuqarosi boʻlgan yoxud fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlgan bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi. Biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa chet davlat fuqarosi boʻlgan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan, chet davlat fuqarosi boʻlgan yoxud fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlgan bola farzandlikka oluvchilarning oʻzaro kelishuviga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi.