Agar oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolaning ota-onasi (yolgʻiz otasi yoki onasi) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olsa yoki Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqsa, ushbu bolaning fuqaroligi oʻzgarishi mumkin. Ota-ona (yolgʻiz ota yoki ona) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini oʻzgartirganda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bolaning fuqaroligi, basharti bola fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlib qolmasa, oʻzgarishi mumkin. Ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-onasining fuqaroligi oʻzgarganda, bolaning fuqaroligi oʻzgarmaydi. Bolaning fuqaroligi oʻzgargan taqdirda, ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-onasining roziligi talab qilinmaydi.