Shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlash toʻgʻrisidagi ariza uning doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga, xorijda doimiy yashayotgan shaxs tomonidan esa konsullik muassasasiga beriladi. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlash toʻgʻrisidagi arizasi va arizaga ilova qilingan hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning vakolatli organi soʻrovi boʻyicha ham amalga oshirilishi mumkin. Ariza beruvchida uning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda ariza beruvchiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi yoxud Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat beriladi. Ariza beruvchida zarur hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, shuningdek ariza beruvchining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligiga nisbatan shubha paydo boʻlganda ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi tekshiruv oʻtkazish uchun tegishli davlat organlariga soʻrovnoma yuboradi. Tekshiruv yakunlari boʻyicha xulosa chiqariladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi ushbu Qonun 5 , 6 , 13 — 16 va 32 — 36-moddalarining talablari buzilgan holda olinganligi fakti aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi ichki ishlar organining xulosasiga asosan olib qoʻyiladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi olib qoʻyilayotgan shaxs mazkur xulosadan norozi boʻlgan taqdirda, u oʻzining Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun sudga murojaat qilishga haqli. Ushbu moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlarida koʻrsatilgan xulosalar tegishincha