fuqaroligi toʻgʻrisida 52-modda. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo maʼlumotlar bazasi

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari boʻyicha manfaatdor davlat organlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni taʼminlash, shuningdek hujjatlarni va maʼlumotlarni kiritish, hisobga olish hamda monitoring qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo maʼlumotlar bazasining ishlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.